
Rasman! Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangi bo‘yicha kelishuvga erishildi
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev (11-0, 8KO) va IBF yo‘nalishida majburiy davogar Filippin bokschisi Marlon Tapales (36-3, 19KO) o‘rtasidagi jang uchun jamoalar kelishuvga erishdi.
IBF tashkiloti bu bahs buyruq berib, 3 yanvarga promouterlik savdosini belgilangan edi, biroq bokschilarning jamoalari bir to‘xtamga kelishgach, auktsion bekor qilindi.
Hozircha mazkur to‘qnashuv sanasi va manzili oshkor qilinmadi, ammo katta ehtimol bilan joriy yilning birinchi choragida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar