Rasman! Muxtor "Lion" bilan shartnomasini uzaytirdi
Frantsiyaning “Lion” klubi himoyachisi Muxtor Diakabi jamoasi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 20 yoshli frantsiyalik futbolchi endi 2022 yilga qadar “Lion” a’zosi hisoblanadii .
Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsum Muxtor chempionatning jami 12ta uchrashuvida maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4ta to‘p kiritishga muvoffaq bo‘lgan. Aytish lozimki, u 2013 yildan buyon “Lion” sharafini himoya qilib kelmoqda.



Fikrlar