Rasman! MYu futbolchisi A Seriya klubiga o‘tdi

  • 2 sentabr, 2019, 14:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Matteo Darmian faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradigan bo‘ldi.

Aniqrog‘i, “qizil iblislar” 29 yoshli italiyalik futbolchini 1,5 million evro evaziga “Parma”ga sotib yuborishdi. U esa yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Darmian MYu safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum APLda bor yo‘g‘i 6ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!