
Rasman! MYu Martines transferini e’lon qildi
"Manchester Yunayted" "Ayaks" futbolchisi Lisandro Martinesni sotib oldi. Ushbu transfer uchun ingliz klubi 46 million funt sterling sarfladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Himoyachi "qizil iblislar" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Kelishuvga ko‘ra, bitimni uzaytirish bandi ham mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, u 2021 yilda Argentina terma jamoasi bilan Kopa Amerikada g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, Lisandro "Ayaks" bilan 2 marta Niderlandiya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar