
Rasman! MYu uzoq kutilgan transferni nihoyat e’lon qildi (video)
"Manchester Yunayted" "Chelsi" futbolchisi Meyson Mauntni rasman o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
"Qizil iblislar" futbolchi uchun bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 60 million funt sterling to‘laydi. Shartnoma 2028 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi.
Shuningdek, tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqiga ham ega.
Fikrlar