
Rasman. MYu yana bir transferni e’lon qildi
"Manchester Yunayted" rasmiy sayti orqali yangi transferini e’lon qildi. Jamoa tarkibiga "Lechche" klubidan Patrik Dorgu qo‘shildi. 20 yoshli futbolchi "qizil iblislar" bilan 2030-yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Unda yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi ham mavjud.
Dorgu universalligi bilan ajralib turadi – u chap qanot himoyachisi, chap yarim himoyachi va hattoki o‘ng vinger pozitsiyalarida ham o‘ynay oladi. Joriy mavsumda daniyalik futbolchi 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Avvalroq matbuotda Patrik Dorguning transferi "Manchester Yunayted"ga 30 million evroga tushishi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar