
Rasman! "Nasaf" himoyachisi jamoadan ketdi
"Nasaf" himoyachisi Dilshod Komilov jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida jamoamizga kelib qo‘shilgan iqtidorli himoyachi Dilshod Komilov jamoamizni tark etdi. Futbolchining keyingi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Barchasi uchun rahmat, Dilshod!", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Komilov "ajdarlar" safiga "Lokomotiv"dan kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar