Rasman! "Nasaf" Shuhrat Muhammadiev bilan shartnomani uzaytirdi
“Nasaf” futbol klubi Shuhrat Muhammadiev bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Shuhrat "ajdarlar" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi 2024 yil oxirigacha qarshiliklar sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 34 yoshli himoyachi Superligada 21 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Fikrlar