Rasman: "Navbahor" Ruslan Jiyanovni RPL klubidan to‘liq sotib oldi!

  • 12.01.2026 23:18
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Navbahor" Ruslan Jiyanovni Rossiyaning "Nijniy Novgorod" jamoasidan to‘liq sotib oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, "Nijniy Novgorod" klubi kelajakdagi sotuvidan foiz olish huquqini saqlab qoladi. Shuningdek, "Navbahor" yaxshi natijalarga erishsa, Rossiya klubi bonuslarga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Jiyanov 2 yildan beri "lochinlar" safida ijara asosida harakat qilayotgan edi. Uning sobiq jamoasi bilan yana 6 oylik shartnomasi mavjud edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!