Rasman: Oston O‘runov RPLning boshqa klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 2 sentabr, 2022, 19:31
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov Ekaterinburgning “Ural” bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Futbolchi ertaga jamoa safiga kelib qo‘shiladi va 5 sentyabr, dushanba kunidan mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Bugun, 2 sentyabr kuni “Spartak” 21 yoshli O‘runov bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. Hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror o‘zaro kelishuv asosida qabul qilindi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 2020 yilda “qizil-oqlar” kelib qo‘shilgan bo‘lib, 9 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!