Rasman: O‘zbekiston Kubogi finalini saudiyalik hakamlar boshqaradi

  • 30 sentabr, 2024, 18:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi finali uchrashuvini rasman Saudiya Arabistonining tajribali hakamlari boshqarib boradi.

O‘zbekiston futbol hakamlari markazining xabariga ko‘ra, bosh hakam Xolid Solix al-Turais. Unga qanotlarda hamyurtlari -  Abdulrahim Xabib al-Shammari va Muhammad Maki Alabakri yordamlashadi. Shuningdek, VAR hakami ham saudiyalik bo‘lib, Sulton Sanat al-Xarbi bu ishni bajaradi.

Qolgani o‘zbekistonlik rasmiylar: Zaxira hakami: Nayim Qosimov, AVAR hakami Ahrol Risqullaev, nazoratchi Vladislav Tseytlin va uchrashuv komissari Zoxirjon Akramxonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!