
Rasman! O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13-noyabr kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Yig‘in doirasida jamoamiz 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Dastlabki o‘yin 16-noyabr sanasida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandik. Shuningdek, Srechko Katanets shogirdlarining 20-noyabr kungi raqibi ham ma’lum. Futbolchilarimiz Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.
Uchrashuv “Paxtakor” stadionida soat 17:00 da start oladi.
Fikrlar