
Rasman! O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori legionerga aylandi
Jasur Jaloliddinov faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettirishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori "Qayrat" yig‘inida qatnashayotgandi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, transfer rasman imzolandi. Jamoa legionerimiz transferini e’lon qildi. Jasur yangi klubi safida 34-raqam ostida to‘p tepadi.
Ma’lumot uchun, Jaloliddinov avval ham legioner sifatida harakat qilgan. U Rossiyaning "Lokomotiv" hamda "Tambov" jamoalarida to‘p tepgandi.
Fikrlar