Rasman! "Paxtakor" Diyor Xolmatov bilan shartnomani uzaytirdi

  • 21.12.2021 12:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionatimizda mavsum yakunlangach, jamoalar tarkibida o‘zgarishlar, “keldi-ketdilar” boshlandi. Ayrim jamoalar esa o‘zi muhim deb bilgan futbolchilar bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirmoqda.

Jumladan, "Paxtakor" yarim himoyachisi Diyor Xolmatov bilan kelishuvni yana ikki mavsumga uzaytirdi va tomonlar 2023 yil oxiriga qadar shartnoma imzolashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Diyor Xolmatov 2020 yil asosiy jamoa tarkibida debyutini o‘tkazdi. U ayni paytgacha jami "sherlar" safida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!