Rasman: "Paxtakor" ilk transferni e’lon qildi
"Mash’al" futbolchisi Sherzod Temirov rasman "Paxtakor" a’zosiga aylandi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, "sherlar" Sherzod bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
"2020 yilgi mavsumni "Mash’al" jamoasi safida o‘tkazgan yarim himoyachi Sherzod Temirov jamoamiz a’zosiga aylandi. U bilan uch yillik shartnoma imzolandi. 22 yoshli futbolchi hozirga qadar Superligada 33 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol muallifiga aylangan. Endilikda u "Paxtakor"ning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga umid qilamiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar