Rasman! "Paxtakor"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi. U Katanetsga yordamchi sifatida ishlagan
Bir necha kun oldin Piter Xyuistra bilan shartnoma uzaytirilmaganini ma’lum qilgan "Paxtakor" yangi bosh murabbiyni e’lon qildi.
47 yoshli murabbiy Slavche Voyneski bilan klub o‘rtasida 2022 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekildi. Bitim tomonlarning xohishi bilan mavsum davomida uzaytirilishi mumkin.
Voyneski Shimoliy Makedoniyada turli toifadagi yoshlar terma jamoalarida uzoq muddatli faoliyati bilan tanilgan. U 1999-2004 yillar oralig‘ida o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan. 2004-09 yillarda esa milliy terma jamoada yordamchi murabbiy sifatida mehnat qilgan. Asosan Srechko Katanets va Drago Kanatlarovskiga yordam bergan. Shundan keyin Turkiyada "Elazigspor", "Genchlerbirligi", "Gaziantepspor" va "Rizespor" klublari murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. 2019 yil Slovakiyaning "Sered" klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan. U yoshlar bilan tizimni yo‘lga qo‘yish orqali yaxshi ishlagan mutaxassis sifatida baholanadi.
Slavche VOYNESKI
Tug‘ilgan sanasi: 1974 yil 28 aprel.
Fuqaroligi: Shimoliy Makedoniya, UEFA "Pro" litsenziyasiga ega.
Faoliyati: 1996-2003 "Metallurg" Skope (yordamchi murabbiy, bosh murabbiy, yoshlar bo‘limi rahbari)
2004-09 Shimoliy Makedoniya U-17, U-18, U-19 terma jamoalari bosh murabbiyi
2009-2014 Shimoliy Makedoniya milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi
2015 "Elagigspor" jamoasi yordamchi murabbiyi
2016 "Genchlerbirligi" jamoasi yordamchi murabbiyi
2016-17 "Gaziantepspor" jamoasi yordamchi murabbiyi
2017-18 "Rizespor" jamoasi yordamchi murabbiyi
2019 "Sered" jamoasi bosh murabbiyi.
"Paxtakor" klubi matbuot xizmati
Fikrlar