Rasman! Pele "Marsel" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 16 iyun, 2020, 21:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa darvozaboni Yoan Pele bilan amaldagi shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, 37 yoshli posbon marselliklar bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Pele "Marsel" safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi. U bungacha "Le Man", "Tuluza" va "Sosho" klublarida o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, "Marsel" pandemiya tufayli muddatidan avval yakunlangan Frantsiya chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!