Rasman! "Qo‘qon-1912" hujumchisi jamoani tark etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

So‘nggi ikki yilni "Qo‘qon-1912"da o‘tkazgan hujumchi Shohnazar Norbekov jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, hujumchi oilaviy sharoit sababli "shunqorlar"ni tark etishga qaror qildi. 

2020 yilgi futbol mavsumining 21-turidan o‘rin olgan AGMKga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olgan Shohnazar Norbekov o‘tgan mavsumda maydonga qaytib, Superliga o‘yinlarida 4ta va O‘zbekiston kubogi bahslarida 1ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq, futbolchi saytimizga bergan intervyusida qaysi jamoalardan takliflar borligini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
kokand1912f
04/01/2022 18:20
Bekor qildida xor buladi endi