Rasman! “Qo‘qon-1912” “Lokomotiv” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 10 iyul, 2017, 00:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1-davrani ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari, qisqa muddatli ta’tildan qaytdilar. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Nikita Ribkin “Qo‘qon-1912”da qoladigan bo‘ldi 

Kecha Chirchiq shahrida yig‘ilgan qo‘qonlik futbolchilar 2-davraga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Mashg‘ulotlar bugundan boshlab kuniga 2 mahaldan bo‘lib o‘tadi. Futbolchilar bosh murabbiy No‘mon Hasanov tomonidan ishlab chiqilgan reja bo‘yicha tayyorgarlikni olib borishadi.

O‘zining ajoyib o‘yinlari bilan Qo‘qonlik muxlislar mehrini qozongan Quvondiq Ro‘ziev “Qo‘qon-1912” klubi safiga kelib qo‘shildi. Ro‘ziev 2-davrani qo‘qonliklar safida o‘tkazadi. Hozircha jamoa safida boshqa yangi futbolchilar yo‘q.

Serbiyalik legionerlar Darko Gojkovich hamda Filip Rayevatslar yig‘inga biroz kechroq qo‘shiladilar. Ular ayni damda o‘z yurtlarida hordiq chiqarmoqdalar.

Jamoa mashg‘ulotlarida darvozabon Muzaffar Abdullaev ishtirok etmayapti. Abdullaev 2-davrani sobiq jamoasi, Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubida o‘tkazish ehtimoli yuqori.

Chirchiqdagi yig‘in davomida klub safida yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqida o‘zgarishlar aniq bo‘lgach albatta sizlarga xabar beramiz.

O‘quv - yig‘in mashg‘ulotlari davomida «Qizilqum» va «Neftchi» jamoalari bilan nazorat o‘yinlari o‘tkazish rejaga kiritilganini qayd etish joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!