Rasman! "RB Leyptsig" etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"RB Leyptsig" klubi o‘zining rasmiy saytida himoyachi Lukas Klostermann bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi klub bilan 2024 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan. Uning avvalgi kelishuvi esa 2021 yilga qadar amal qilar edi.
Klostermann “RB Leyptsig” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 159 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar