Rasman! "Roma" darvozaboni APL klubiga ko‘chib o‘tdi

  • 04.06.2022 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Birmingemning “Aston Villa” klubi “Roma” darvozaboni Robin Olsenni transfer qilganini rasman e’lon qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, APL klubi 32 yoshli shvetsiyalik posbonning transferi uchun rimliklarga 3,5 mln evro to‘lagan. Hozircha shartnomaning boshqa tomonlari oshkor etilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Olsen o‘tgan mavsumni aynan “Aston Villa” safida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!