Rasman! “Roma” futbolchisi transfer qilindi
Frantsiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Marsel” matbuot xizmati klub “Roma”dan ijaraga olingan ispaniyalik darvozabon Pau Lopesning transfer huquqini sotib olganini e’lon qildi.
27 yoshli darvozabon joriy mavsumda “Marsel”ning birinchi raqamli qo‘riqchisiga aylandi va jami 20 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 11 tasida gol o‘tkazmadi.
Pau Lopesning yangi shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzildi.
U professionao futbolchilik faoliyatini 2014 yili “Espanol”da boshlagan. Keyinchalik “Tottenxem”, “Betis” va “Roma” darvozalarini qo‘riqladi.
“Marsel” bu posbonni qo‘lga kiritish uchun 12 million evro to‘lagani aytilmoqda.

Fikrlar