Rasman! Xanchjou-2022 Paraosiyo o‘yinlari ham qoldirildi!

  • 17 may, 2022, 15:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi (HAPGOC) va Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi (APC) bugun joriy yil 9-15 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Para Osiyo o‘yinlarining boshqa muddatga ko‘chirilganini e’lon qildi. Bu haqda APC rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bu e’lon Osiyo Olimpiya Kengashi va tashkiliy qo‘mita (HAPGOC) tomonidan Xitoyda Covid-19 pandemiyasi bilan bog‘liq noxush vaziyatning davom etayotgani tufayli Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarini keyinga qoldirish to‘g‘risida qabul qilingan qaroridan so‘ng e’lon qilindi.

APC, Xitoy Paralimpiya qo‘mitasi va HAPGOCdan tashkil topgan ishchi guruh endi 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan O‘yinlarni qayta rejalashtirish ustida ish olib boradi. Yaqin kelajakda bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Xanjchou-2022 Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarning ramzi, shiori va yili o‘zgarishsiz qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!