Rasman! "Yuventus" Braziliya terma jamoasi a’zosini sotib oldi!

  • 30 iyun, 2024, 19:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" o‘zining rasmiy sayti orqali yarim himoyachi Duglas Luisning transferini e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, turinliklar 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “Aston Villa”ga 50 million evro to‘lashi qayd etilgan. "Keksa sinora" ushbu mablag‘ni to‘rt yil ichida to‘lab beradi.  Duglas Luisning o‘zi esa "Yuventus" bilan 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

2023/2024 yilgi mavsumda Duglas 53 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi va yana shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi. Yarim himoyachi ayni damda Braziliya terma jamoasi tarkibida Amerika kubogida ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!