Rasmiy xabar! Akmal Mozgovoy - "Paxtakor" futbolchisi
Akmal Mozgovoy "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Milliy terma jamoamiz yarim himoyachisi BAAning "Baniyas" klubidan "Paxtakor"ga transfer qilindi. Mozgovoy bilan klubimiz o‘rtasida 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekildi.
Akmal hozirga qadar Superligada 163 o‘yinda 13 gol muallifi bo‘lgan. Osiyo klublari musobaqalarida 30 bellashuvda 5 to‘p kiritgan. Milliy terma jamoamiz tarkibida esa 21 bahsda 1 gol muallifiga aylangan.
Mozgovoyning "Paxtakor"dagi faoliyati yorqin g‘alabalar va sovrinlarga boy bo‘lishiga ishonamiz. "Paxtakor"ga xush kelibsan, Akmal", - deyiladi xabarda.
Fikrlar