
Rasmiy xabar! Milliy olimpiya qo‘mitasi yangi tuzilgan MMA federatsiyasini tan olmadi
Bir necha kun oldin yurtimizdagi sportga oid internet saytlarda O‘zbekistonda yangi MMA (aralash qoidalar jangi) federatsiyasiga asos solinganligi haqida xabar qilingandi.
Rasman! O‘zbekistonda MMA federatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi shuni ma’lum qiladiki, ushbu federatsiya tuzilishi oldidan na Milliy olimpiya qo‘mitasi, na O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabardor qilingan. Qolaversa, bu federatsiya ayni paytda yuridik jihatdan xech qanday kuchga ega emas.
Shu sababli ham, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekistonda yangi tuzilgan ushbu federatsiyani tan olmasligini rasman ma’lum qiladi.
Fikrlar