Rasmiy xabar: Shomurodovga kutilmagan yangilik!

  • 08.09.2025 16:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilari – Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov “CAFA Nations Cup 2025” turnirida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘lib turibdi.

Bu pallada har ikki futbolchimizning yangi jamoasi – “Istanbul Bashakshehir”da jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

Xususan, “Istanbul Bashakshehir” rasmiy sayti orqali bosh murabbiy Chag‘dash Atan iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi.

-  Klubimiz bosh murabbiy Chag‘dash Atan bilan o‘zaro kelishgan holda xayrlashishga qaror qildi.

Biz ikki mavsum davomida layoqati, sadoqati va professionalligini namoyish qilib, jamoamizni ketma-ket ikki marotaba Evrokuboklarga olib chiqqan va klubimiz qadriyatlarini davom ettirishga katta hissa qo‘shgan Chag‘dash Atanga minnadorlik bildirishni istaymiz.

Unga faoliyatining navbatdagi bosqichida muvaffaqiyatlar tilaymiz, - deyiladi “Istanbul Bashakshehir” klubining rasmiy bayonotida.

Chag‘dash Atan “Bashakshehir”ni 2023 yilning sentyabrida qabul qilib olgan edi. Ikki yil davomida jamoa uning qo‘l ostida jami 98 ta uchrashuv o‘tkazib, 47 ta g‘alaba, 22 ta durang va 29 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Ta’kidlash joizki, klub rahbariyati mavsum oldidan Chag‘dash Atan oldiga jamoani UEFA Konferentsiyalar ligasida muvaffaqiyatli qatnashish va Turkiya Superligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashish vazifasini qo‘ygan. Ana shu maqsadda jamoa tarkibi kuchaytirildi. Xususan,  “Roma”dan Eldor Shomurodovni bir mavsum ijaraga olish uchun klub 3 million evro sarfladi.

Keyinroq istanbulliklar Rossiyaning TsSKA jamoasidan yana bir o‘zbek futbolchisi – Abbosbek Fayzullaevni transfer qilish uchun 7,5 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keldi. 21 yoshli hujumkor futbolchimiz klub tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylandi.

Chag‘dash Atan Konferentsiyalar ligasidagi yurishini g‘alabalar bilan boshlagan bo‘lsa-da, zimmasiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmadi. Dastlabki ikki bosqichda Bolgariyaning “Cherno More” va Norvegiyaning “Viking” jamoalarini musobaqadan chiqarib yuborgan istanbulliklar Konferentsiyalar ligasining pley-offida Ruminiyaning “Universitetya Krayova” klubi to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Turkiya Superligasida esa, Chag‘dash Atan shogirdlari o‘z maydonida o‘tkazilgan uchrashuvlarda “Kayserispor” va “Eyupspor” bilan durang o‘ynab, qimmatli ochkolarni yo‘qotdi.

Bu natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmagani uchun bosh murabbiy iste’foga chiqarildi.

Bir necha nufuzli manbalar “Istanbul Bashakshehir” mutasaddilari jamoani boshqarish borasida taniqli murabbiy - nemis futboli afsonasi Nuri Shaxin bilan muzokara boshlaganini yozmoqda. Avvalroq, zaxira ro‘yxatiga  Xavi Ernandes, Tiago Motta, Marko Rouz va Edin Terzich kabi Evropa futbolida nom qozongan mutaxassislar kiritilgani ham xabar qilindi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Bashakshehir” yaqinda “Fenerbahche” bosh murabbiyligini tark etgan Joze Mourino bilan ham hamkorlik qilish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Agar bu variant amalga oshsa, bu Eldor Shomurodovga syurpriz bo‘ladi.

Chunki 30 yoshli hujumchimizni “Roma”ga taklif etilishini aynan Joze Mourino qo‘llab-quvvatlagan. Keyinchalik Shomurodovni zaxiraga mixlab qo‘ygan ham man shu portugaliyalik mutaxassis bo‘ladi.

Gvardiola Husanov yordamida Amorimga syurpriz tayyorlayapti!

Xoland avtobusga urildi

Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

Tezkor: Husanovning ahvoli bo‘yicha ma’lumot chiqdi!

Husanovda ayb yo‘q!

Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
09/09/2025 17:16
Админ сен тентак экансан
&
998913335306
09/09/2025 17:16
Админ мен тентак экансан
&
Адхамжон Низомов
08/09/2025 16:26
Моур келмасинда,ишкилиб.