Raul Bundesliga klubini boshqarishi mumkin

  • 7 may, 2021, 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid Kastilya" klubi bosh murabbiyi Raul Gonsales Blanko faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, ispaniyalik mutaxassisning xizmatlariga "Ayntraxt" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Frankfurt klubi rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Adi Xyutter o‘rniga aynan Raul nomzodini ilgari surmoqda.

Tomonlar o‘zaro muzokaralarni boshlagan, ammo hech bir tomon mavsum yakunida chalg‘imaslik uchun muzokaralarni vaqtincha to‘xtatib turishga kelishib olishgan.

Raul "Kastilya"ni 2019 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Ko‘pchilik uni “Real”ning amaldagi bosh murabbiyi Zinedin Zidanga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Bundan avvalroq "Ayntraxt" bosh murabbiy lavozimiga Ralf Rangnik yoki Domeniko Tedeskoni taklif qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!