Ravshan Ermatov: Biz futbolga xizmat qilish uchun keldik (foto)

  • 29 iyun, 2019, 13:13
  • 5
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Anjuman avvalida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so‘zga chiqdi va dastavval kuni kecha bo‘lib o‘tgan OAV hodimlari kuni bilan yig‘ilgan jurnalistlarni tabrikladi. So‘ng sohada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, kelajakdagi rejalar haqida so‘z ochdi.

"So‘nggi yillarda futbol haqidagi maqolalarni muntazam ravishda o‘qib bordim va bu borada o‘zimning fikrlarim bor. Ilgari tanqidiy maqolalar ko‘plab yozilardi, hozir esa tahliliy maqolalar va takliflar berilmoqda. Bu albatta yaxshi holat. So‘nggi vaqtlarda intervyu berishimni so‘rab murojaat qilganlar soni ko‘p bo‘ldi. Shu bois yaxshisi, katta matbuot anjumani tashkil etishni ma’qul ko‘rdim.

Ilgari aytganimdek, menga bu erda o‘tirishdan ko‘ra, maydonda bo‘lish qulayroq. Ammo menga bildirilgan shunday ulkan ishonchni oqlashga harakat qilamiz. 

Futbolimizda kelishilgan o‘yinlar va totalizator masalasi og‘riqli nuqta bo‘lib turibdi. Futbolda adolat o‘rnatmas ekanmiz, bir qadam ham oldinga siljimaymiz. Zero, Amir Temur aytganidek, "Kuch - adolatdadir".  Tushunaman, futbol xatolar o‘yini. Buni taniqli mutaxassislar ham tan olgan. Futbolchilar ham, hakamlar ham adashishi mumkin. Ammo bu xatolar atayin qilinsa...

Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Shu maqsadda O‘FA binosiga kirish qismida maxsus muzey tashkil etildi. Fahriylarni e’zozlash, ularnining fikrini inobatga olish, ularning futolimizdagi o‘rnini yuksaltirishga ham e’tibor qaratamiz.

Biz sun’iy ravishda muxlislarni stadionga jalb etmaymiz. So‘nggi paytlarda muxlislik madaniyati bo‘yicha bir muncha oldinga qadamlar tashlandi. Shunga qaramasdan o‘yinlar vaqtida hakamlar, futbolchilar sha’niga ko‘plab yomon so‘zlar yangrab turibdi. Buning oldini olish maqsadda maxsus qo‘mita ham ochiladi.

Biz futbolga xizmat qilish uchun keldik. Futbolni, futbol o‘ynaydigan insonlarning hurmatini joyiga qo‘ysak, umid qilamanki barchasi yaxshi bo‘ladi. Murabbiylar kengashini qayta tiklashni maqsad qilganmiz. Bunda o‘zbek futboli tarixi va o‘tmishi, zamonaviy futbol haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirok etishadi.

Faoliyatimning ilk bosqichini bolalar futbolini o‘rganishga qaratdim. Sport vazirligi bilan birgalikda hududiy futbol akademiyalarini o‘rgandik. U erdagi kamchiliklarni aniqlab oldik va endi sharoitlarni yaxshilashga harakat qilamiz. Bugungi kunda bolalar futbolidagi musobaqalar soni kamayib ketgan. "Charm to‘p", "Yoshlik" kabi musobaqalar bo‘lardi va ularni qayta tiklashimiz kerak. FIFA, OFK mutaxassislari, siz jurnalistlar bilan birga o‘tirib, tizim ishlab chiqishimiz kerak.

Ilk kundanoq terma jamoalari murabbiylari bilan uchrashdik. Oldindagi musobqalar va tayyorgarlik rejalari bilan tanishdik. Terma jamoa o‘zbek futboli yuzi sanaladi va bu jamoalarga e’tibor yuqori bo‘ladi.

Bundan keyin O‘FA FIFA, OFK, MOQ va Jismoniy tarbiya hamda sport vazirligi bilan hamkorlikda ishlaydi. O‘FA PFLda o‘zini emas futbolni yaxshi ko‘radigan shaxsiy manfaatini emas, futbol manfaatini o‘ylaydigan mutaxassislar kerak. FIFAdan kadrlar masalasida audit borasida yordam so‘raganmiz.

Milliy chempionatimiz saviyasini ko‘tarish ustida ish olib borishimiz kerak. Vaqtni cho‘zish, simulyatsiya kabi futboldagi illatlarni yo‘qotishga harakat qilamiz. Jamoalar PFLga emas, PFL jamoalarga ishlashi kerak. Menimcha, bu eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.

Hakamlik - futbolimizdagi eng og‘riqli nuqtalarimizdan biri bo‘lib qolgan. Ba’zan futbolni saviyasiga hakamning saviyasi to‘g‘ri kelmayapti. Hakamlar orasida haydovchilar, zavod va fabrika ishchilari ham bor. Biz bugun ularni havaskorlikdan professional bosqichiga olib chiqishimiz kerak. Ulardan ham kerakli sharoitlarni yaxshilaganimizdan so‘ng talab qilsak yaxshi bo‘ladi.

OFK prezidenti bilan kelajakdagi rejalar, bu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishuvga erishildi. Kuni kecha mazkur tashkilotdan kelgan mutaxassislar o‘z takliflarini bildirishdi va ikki tomonlama shartnoma imzolandi.

Markaziy futbol assotsiatsiyasi (CAFA) bilan ham birga ishlashni rejalashtirganmiz. Ilgari bu mintaqada turli musobaqlar bo‘lar edi. Ularni tiklash kerak.

1501561800803

Futzalga ham e’tibor qaratish kerak. Futzalchilarimiz JChda ishtirok etib, o‘zlarining nimalarga qodir ekanligini isbotlashdi. Ularning oldindagi rejalari ham tasdiqlangan. Ayollar futboli ham asta sekinlik bilan o‘sib bormoqda. Ayollar futbolida musobaqalarni to‘g‘ri tashkillashtirishga harakat qilamiz.

Terma jamoalarimizning o‘z bazasi bo‘lishi kerak. Sport vazirligi bilan bu borada ish olib borilmoqda. 6 ta futbol maydoni, mehmonxona, oshxonaga ega bo‘lgan baza Toshkent shahridan biroz chekkaroq hududda maxsus kompleks qurishni rejalashtirganmiz. Albatta, bu 2-3 yilsiz bo‘lmaydigan ish emas.

Futbolchilarda qancha amaliyot ko‘paysa, shuncha ularning mahorati oshib boradi. Buning uchun esa xalqaro turnirlar juda muhim. Qirg‘iziston delegatsiyasi keldi va bu borada aloqalar yaxshilandi. Tojikiston va yana boshqa ko‘plab mamlakatlar bilan ham aloqalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu borada bir tizim ishlab chiqish kerak avval.

Murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida PFL bilan hamkorlikda qo‘mita tuzish kerakmikan, bilmadi. Biz murabbiylarga ishonishimiz, ularga imkon berishimiz kerak. Jahon futbolida murabbiy ishdan olinganda tovon puli to‘lanadi. Balki bizda ham buni joriy etish kerakdir.

Men o‘zimdan oldingi barcha rahbarlarga minnatdorchilik bildiraman. Endi, ish bor joyda kamchilik bo‘ladi. Marhum Mirabror Usmonov bilan 10 yil birga ishladim. Ular ilk marta kelganlarida "Men futbol odami emasman. Men sizlarga sharoit yaratish uchun keldim" deb aytgan edilar. Keyingi rahbariyat davrida ham ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

6881561800803

OFK turnirlarini o‘tkazish biz uchun maqsad bo‘lishi kerak. O‘smirlar va yoshlar qit’a miqyosidagi chempionatlarni o‘zimizda qabul qilganmiz. Endi kattalar o‘rtasidagi turnirlarga ham e’tibor qaratishimiz kerak. Zero bizning muxlislar, shaharlar bunga arziydi.

1821561800803

Ektor Kuper katta murabbiy. Uning o‘z qarashlari bor va imkon berish kerak. Yaqinda bergan intervyusida ham men o‘zbekka aylanayapman deb aytdi. U ham, futbolchilar ham ko‘nikib qolishdi. Kuper bir oila tuzmoqchi va unga ishonaylik. Men muxlislardan ham, siz jurnalistlardan Kuperni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman", - dedi Ermatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
29/06/2019 17:03
Умит буёққа торти равшан буёққа тортади масанга масанга ..... қолди хасанга бӯлябди бизда
77 77
29/06/2019 14:53
Ишончни окласа булгани
&
muxammad
29/06/2019 13:10
tarqalamiz... oldindan tayyorlangan savol javoblar... BABAyan haqida gap so‘z yo‘q...
&
НАСАФ КАРШИ
29/06/2019 12:09
БЕФОЙДА МАЖЛИСБОЗЛИК
&
29/06/2019 13:11
to‘g‘ri.
&
Husniddin.Shoniyozov
29/06/2019 12:02
Ravshan Ermatov uzbek fudboli rivojiga o'z hissasini qosha oladi albatta