
Rayan Garsiya va Lyuk Kempbell jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning engil vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamari uchun bo‘ladigan Rayan Garsiya va Lyuk Kempbell jangi 5 dekabrga belgilangan edi. Ammo Lyuk Kempbellda “Covid 19” aniqlangani sababli, jang qoldirilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu to‘qnashuv 2 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi tasdiqlangan.
Mazkur bahs g‘olibi hozirda Devin Xeyniga tegishli WBC jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘ladi. 22 yoshli Rayan Garsiya (20-0 , 17 KO) o‘zining oxirgi jangida Fransisko Fonsekani ( 25-3, 19 KO) birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
London Olimpiadasi chempioni Lyuk Kempbell (20-3, 16KO) esa so‘nggi bor, WBC jahon chempionlik kamari uchun ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga qarshi jangda ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar