"RB Leyptsig" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 24.06.2020 17:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Kevin Kampl klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2023 yilga qadar tuzilgan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli sloveniyalik futbolchi “RB Leyptsig” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 89 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 15 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!