"RB Leyptsig" "Chelsi" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi o‘zining rasmiy saytida "Chelsi" himoyachisi Itan Ampaduni tarkibga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra nemis klubi 18 yoshli uelslik futbolchini 2020 yilning yozigacha ijaraga olgan. Shartnomaning qolgan tomonlari esa oshkor etilmayapti. Ampadu yangi jamoasida 26-raqamda to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Ampadu “Chelsi”ga 2017 yilda ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar”ning asosiy jamoasida 12ta o‘yinda maydonga tushgan. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan. Transferi esa 10 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar