"RB Leyptsig" o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
Germaniya Bundesligasining 9-turida “RB Leyptsig” o‘z maydonida “Groyter Fyurt”ga qarshi bahs olib bordi.
Gollarga boy kechgan o‘yinda 4:1 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Shu kuni “RB Leyptsig” safida Yussuf Poulsen (46'), Emil Forsberg (53'), Dominik Soboslai (65') va Ugo Novoa (88') gol muallifi bo‘ldi. Mehmonlarning yagona javob to‘pini Branimir Xrgota (45') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar