"RB Leyptsig" Simonsning o‘rnini "Liverpul" yarim himoyachisi bilan to‘ldirmoqchi

  • 31.08.2025 10:15
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" yarim himoyachisi Xarvi Elliot faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, 22 yoshli yarim himoyachining transferiga "RB Leyptsig" qiziqish bildirmoqda. "Buqalar" Londonning "Tottenxem" jamoasiga o‘tgan niderlandiyalik Xavi Simonsning o‘rnini Elliot bilan to‘ldirmoqchi.

Xarvi o‘tgan mavsumda 28 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Elliotning transfer qiymati 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!