"RB Leyptsig" sport direktori: Upamekano hech qaerga ketmaydi

  • 17 avgust, 2020, 17:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“RB Leyptsig” klubi sport direktori Markus Kroshe himoyachi Dayo Upamekanoning jamoadagi kelajagi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Bu futbolchi yangi mavsumda ham aniq biz bilan qoladi. Shartnoma uni qaysidir klubga sotish uchun imzolanmaydi”, - deydi Kroshe.

Eslatib o‘tish lozimki, 21 yoshli frantsiyalik futbolchi nemis klubi bilan shu yoz amaldagi shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgan edi. Bundan avvalroq esa unga «Real», «Barselona», «Bavariya» va «Arsenal» kabi grand klublar qiziqib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Upamekano o‘tgan mavsum Bundesligada 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1 ta goliga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!