
"RB Leyptsig" ustozi Chempionlar ligasi tarixiga kirdi
"RB Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann UEFA Chempionlar ligasi "Tottenxem"ga qarshi dastlabki o‘yinda rekord sohibiga aylandi.
Gap shundaki, germaniyalik mutahassis Chempionlar ligasi 1/8 finalining eng yosh murabbiyi sifatida turnir tarixidan joy oldi. Kecha oqshomda murabbiy 32 yosh 211 kunlik edi.
Bu vaqtgacha eng yosh murabbiy sifatida 33 yosh 161 kunlik natijasi bilan "Shalke" ustozi Domeniko Tedesko tilga olinar edi. U o‘tgan mavsumda "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda jamoasini maydonga olib tushgan edi.
Fikrlar