"RB Leyptsig"ning sobiq ustozi "Milan"da birdaniga 2 ta lavozimda ish boshlashi mumkin

  • 3 mart, 2020, 17:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi rahbariyati hamon germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnikni jamoaga olib kelish masalasini muhokama qilmoqda.

Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 61 yoshli murabbiyga “3+1” ko‘rinishida shartnoma taklif qilishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Rangnika “Milan”da nafaqat bosh murabbiy, balki sport direktori vazifasini ham bajaradi. Aynan u barcha transferlarni nazorat qiladi.

Ma’lumot uchun, Rangnik faoliyati davomida “Shtutgart”, “Gannover 96”, “Shalke 04”, “Xoffenxaym” va “RB Leyptsig” klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!