
"Real" 2024 yilda Xolandni dahshatli summaga sotib olmoqchi
"Real Madrid" dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan birining transferiga jiddiy sarmoya kiritishga tayyor.
Avvalroq, bir qancha taniqli nashrlar tasdiqlaganidek, haqiqatan ham Erling Xolandning shartnomasida 2024 yilning yozidan kuchga kiradigan band bor. "Diario AS" xabariga ko‘ra, ushbu band bo‘yicha istalgan xaridor klub norvegiyalik yulduzni "Manchester Siti"dan 180 million evroga sotib olish mumkin bo‘ladi va "Real Madrid" bu imkoniyatdan unumli foydalanishni rejalashtirmoqda.
Erling Xoland shu yozda Dortmundning "Borussiya"sidan 60 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o‘tgan edi. 22 yoshli hujumchi “shaharliklar” safida 11 ta uchrashuvda 17 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar