
"Real" A Seriyadan zo‘r hujumchi olmoqchi
"Real" "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich bilan shartnoma imzolamoqchi.
Turin klubi serbiyalik forvardni 80 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor, deya yozmoqda "Goal". Madridliklar esa futbolchi almashishni taklif qilmoqda.
"Qirollik klubi" Dushan uchun 40 million evro va qanot himoyachisi Ferlan Mendini berishni rejalashtirmoqda. Tomonlar hozircha yakuniy qarorga kelmagan.
Fikrlar