“Real”: Agar Xoland kelmasa...

  • 27.03.2022 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati “Borussiya” to‘purari Erling Xolandga xaridor bo‘lmoqda. Biroq ular norvegiyalik hujumchini qo‘lga kirita olmagan taqdirda zaxira variantini ishga solishni rejalashtirib qo‘ygan.

Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” Xolandni transfer qila olmasa, jamoa etakchisi va to‘purari Karim Benzemaga yangi shartnoma taklif qiladi. Frantsiyalik hujumchining amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi.

Benzemaning o‘zi yaqinda Xoland Madridga keladigan bo‘lsa, o‘zi klubni tark etishini ta’kidlagan edi. Agar norvegiyalik hujumchini olish imkoni bo‘lmasa, murabbiylar shtabi oldingi chiziqda Karim Benzema va Kilian Mbappeni o‘ynatmoqchi.

Keyingi paytda Karim Benzema ham tinimsiz gol urmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 36 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 32 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 13 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!