
"Real": Angliya yulduzi aniq bizda o‘ynaydi, u besh yillik shartnoma oldi!
“Real” xo‘jayinlari “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Trent Aleksander-Arnold Madridga kelishiga qat’iy ishonmoqda.
Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” 26 yoshli o‘ng qanot himoyachisiga 4+1 ko‘rinishida uzoq muddatli bitim tayyorlab qo‘ygan.
Ta’kidlash joizki, “Liverpul” ham o‘z tarbiyalanuvchisiga huddi shu ko‘rinishdagi yangi kelishuv taklif qildi.
Trent Aleksander-Arnoldning o‘zi hali kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q. U klub rahbariyatidan maoshini yana ko‘tarishni talab qilyapti. Shartnoma bo‘yicha taklif qilingan maosh miqdori o‘yinchini qoniqtirgani yo‘q.
Fikrlar