“Real” Angliyada porlagan yangi yulduzga ko‘z tikmoqda

  • 22.04.2026 06:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin “Real” yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini o‘zgartirishga qaror qilgan.

“Qirollik klubi” skautlari Angliya Premier-ligasida o‘zini ko‘rsata boshlagan “Bornmut” hujumchisi Eli Junior Krupini kuzatib bormoqda.

19 yoshli futbolchiga, avval xabar qilingandek, Premier-liga grandlari ham da’vogarlik qilmoqda.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, istiqbolli fransiyalik futbolchiga shartnoma berishga tayyor klublar qatoriga “Real”ning qo‘shilgani transfer bozoridagi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

“Bornmut” rahbariyati o‘z o‘yinchisini grand klublar nazaridan saqlab qola olmaydi va shu bois ular bu transferdan mo‘may daromad ishlab olmoqchi. Ayni paytda klub o‘z hujumchisini 70 million yevro atrofida baholamoqda.

Bu summa Eli Junior Krupining Transfermarkt portalida ko‘rsatilgan 40 million yevrolik bozor qiymatidan ancha yuqori hisoblanadi.

Ammo yosh o‘yinchining Angliya chempionatida 27 ta o‘yinda 10 ta gol urgani uning salohiyati yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!