“Real” Angliyadan qimmat o‘yinchi oladi
“Real” o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxalning o‘yinidan qoniqmayotgani bois, uning o‘rniga tezkor va baquvvat o‘yinchi olib keladigan bo‘ldi.
Madridliklar bu pozitsiyasiga “Manchester Siti” vakili Joau Kanseluni mo‘ljallamoqda. Bu haqda El Nacional nashri axborot tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” bu transferni mavsum yakunlanishi bilan amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Kanseluning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq, 70 million evrolik taklif portugaliyalik qanot futbolchini Madridga kelishiga yo‘l ochishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Fikrlar