«Real» «Arsenal» futbolchisi bilan muzokara boshladi

  • 12.06.2026 12:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» tarkibida to‘p surib kelayotgan italyalik himoyachi Rikkardo Kalafyoriy yozgi transfer oynasida «Real Madrid»ning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi.

 

Futbol bo‘yicha ishonchli manba hisoblangan insayder Janluka Di Martsio ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar futbolchi vakillari bilan ehtimoliy transfer yuzasidan muzokaralarni boshlab yuborgan.

 

Yangi bosh murabbiy Joze Mourin’yu himoya chizig‘ini bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan universal futbolchi bilan kuchaytirishni istamoqda. Shu maqsadda «Manchester Siti» klubi himoyachisi, xorvat Yoshko Gvardiol ham nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

24 yoshli qanot himoyachisining taxminiy bozor qiymati 55 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «to‘pchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!