“Real” ashaddiy raqib – “Barsa” chempionligiga qanday munosabat bildirdi?

  • 15 may, 2023, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum chempioni – “Real” o‘z unvonini munosib himoya qila olmadi. Joriy mavsumni yuqori darajada o‘tkazgan “Barselona” chempionlik poygasida madridliklardan o‘zib ketdi va muddatidan oldin bosh sovringa ega chiqdi.

“Real” rahbariyati “Barselona”ning chempionligiga munosabat bildirdi.

- 2022-2023 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo‘lgan “Barselona”ni tabriklaymiz, - deb bayonot tarqatdi “Real” klubi o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Bu “Barselona” tarixidagi 27-chempionlik unvoni hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha kataloniyaliklar hamon “Real”dan ortda qolmoqda. “Qirollik klubi” futbolchilari o‘z tarixida jami 35 marotaba La Liga g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!