“Real” ayyor reja tuzdi va uni “Manchester Yunayted” orqali amalga oshiradi

  • 4 may, 09:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida jamoa himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun taklif etiladigan yangi ijrochilar ro‘yxatini shakllantirmoqda.

Tecno

“Real” nishoniga “Benfika”da porlayotgan himoyachi Alvaro Karreras tushgan. Portugaliyalik klubi 22 yoshli ispan futbolchisini 60 million evroga baholamoqda.

Madridliklar esa, yosh o‘yinchiga katta summa tikmoqchi emas. “Real” mutasaddilari bu himoyachini lish uchun ayyorona reja tuzdi va uni “Manchester Yunayted” orqali amalga oshirmoqchi.

Ma’lum bo‘lishicha, manchesterliklar o‘tgan yili yozda Karrerasni “Benfika”ga 6 million evroga sotib yuborgan. “Yunayted”da bu o‘yinchi 16 million evroga qayta xarid qilish huquqi bor.

“Real” mutasaddilari “Manchester Yunayted” xo‘jayinlaridan Karrerasni qayta sotib olib, Madridga jo‘natishni so‘rayapti. “Qirollik klubi” manchesterliklar bu rejaga qo‘shilsa, Karreras uchun 30-35 million evro atrofida badal puli to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!