"Real" Azardan qutula olmayapti

  • 23.12.2022 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoaning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar uchun hali ham yangi jamoa topa olmayapti.

Ok Diario xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” 31 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha hozircha hech qanday taklif olgani yo‘q. Qolaversa, "qaymoqranglilar" hali Azarni ijaraga olish variantini ham topa olmayapti, chunki u hech bir jamoaga kerak emas.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Azar joriy mavsum "Real" tarkibida Ispaniya chempionatida atigi uchta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!