“Real” Azardan voz kechyapti

  • 01.12.2020 20:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yozgi transferlar mavsumida asosiy maqsadi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish bo‘lgan “Real” frantsiyalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Madridliklar o‘z maqsadi yo‘lida Eden Azardan voz kechishga tayyor. “Qirollik klubi” Mbappening 180 million evroga baholanayotgan transfer summasini pasaytirish uchun parijliklarga Eden Azarni berib yubormoqchi.

Angliya chempionatidagi o‘yinlari bilan dunyoning eng kuchli futbolchisi bo‘lishga da’vogar hisoblangan belgiyalik yarim himoyachining La Ligada ishlari yurishmayapti. Ispan futboliga moslasha olmayotgan Azar ketma-ket jarohat olmoqda va ko‘p vaqtini davolanishga sarflayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!