"Real" Azarning transferi borasida ilk taklifini yubordi
Madridning "Real" klubi "Chelsi" vingeri Eden Azar bo‘yicha ilk rasmiy taklifini yubordi. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” “aristokratlar”ga 28 yoshli belgiyalik futbolchini 117 mln evro evaziga sotib olishga tayyorligini bildirgan. Zinedin Zidan madridliklar boshqaruviga qaytgach Azarning transferi borasidagi ishlar yanada tezlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Azarning o‘zi ham bundan avval “Real”da o‘ynash orzusi borligi haqida bir necha bor ta’kidlagan edi. Balkim shu sababli ham u “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni xohlamayotgan bo‘lishi mumkin.

Fikrlar