"Real" "Barselona" futbolchisi uchun "Chelsi" bilan raqobatlashadi

  • 15.02.2026 17:08
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" jamoasining qanot himoyachisi Jyul Kunde yozgi transferlar oynasida klubini oʻzgartirishi mumkin. Bu haqida Topskills Sports UK nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, "Chelsi" Kundega boʻlgan qiziqishini yana tiklagan va futbolchini kelasi yozda oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Biroq "aristokratlar" bu borada jiddiy raqobatga duch kelishi kutilmoqda — chunki "Real Madrid" ham himoyachiga qiziqish bildirmoqda.

"Kўk-anorranglilar"da Kunde jamoa uchun dahlsiz futbolchi hisoblanadi, ammo agar klubga 60–80 million yevro miqdorida taklif tushsa, u holda bu variant koʻrib chiqilishi mumkin.

Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 36 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Maʼlumot uchun, fransiyalik futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mўljallangan.


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!